Yarim og’ir vazn toifasida o’zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov UFC 311 turnirida navbatdagi g’alabasini tantana qildi.
Unga UFC debyutanti Billi Elekana raqiblik qildi.
3 raundga mo’ljallangan bahs 2-raundda o’z yakuniga yetdi. Bogdan sabmishen orqali Elekanani mag’lub etdi.
Eslatib o’tamiz, aslida Guskov UFC 311 turnirida Jonni Uokerga qarshi oktagonga ko’tarilishi kerak edi, biroq Uoker jarohati sabab jangdan chiqdi.