Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aljameyn Sterling Maks Xolloueyga Iliya Topuriyani mag’lub etish yo’llarini aytdi.
“Mening fikrimcha, Xollouey uchun bitta variant bor. Maks masofani ushlab turishi va Topuriyaga zarbalar berib, ochko to’plashi kerak. Biz hali Iliyaning charchaginini ko’rmaganmiz.
Topuriya odatdagidan ko’ra ko’proq energiya sarflay boshlagach, jang taqdirini bashorat qilish qiyin bo’ladi. Agar Xollouey eski Maks uslubida jang qilsa, biz juda qiziqarli jangga guvoh bo’lamiz”, – deydi Sterling.
Eslatib o’tamiz, Iliya Topuriya va Maks Xollouey o’rtasidagi jang 27-oktyabr kuni UFC 308 turniri doirasida bo’lib o’tadi.