“Manchester Siti” Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 7-turida PSJ’ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, Pep Gvardiola shogirdlari YChL’ning qatorasiga to’rtinchi o’yinida raqibini mag’lub eta olmadi. UEFA ma’lumotlariga ko’ra, bu “shaharliklar” bilan 2018-yildan beri birinchi marta sodir bo’ldi.
Eslatib o’tamiz, joriy mavsumdagi so’nggi 4 ta o’yinda “Manchester Siti” PSJ (2:4), “Yuventus” (0:2) va “Sporting”ga (1:4) mag’lub bo’ldi, “Feyenord” bilan esa durang o’ynadi (3:3).