Madridning “Real” klubi “Liverpul”ning o’ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda La Galerna jurnalisti Ramon Alvares de Mont xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 26 yoshli futbolchi mavsum yakunlanganidan so’ng “Qirollik klubi”ga o’tadi va bonus sifatida taxminan 18-20 million yevro oladi.
Ma’lumot uchun, Trent joriy mavsum barcha turnirlarda 25 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.