Madridning “Real” klubi yaqin kelajakda Londonning “Arsenal” klubi markaziy himoyachisi Uilyam Salibaning transferini amalga oshirishi mumkin.
“Real” o’tgan yozda, Nacho jamoani tark etganiga qaramay, markaziy himoyani mustahkamlamadi.
TBR Football xabariga ko’ra, La Liga grandi Salibaning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni kelasi yil sotib olishga tayyor.
Qayd etilishicha, “Real” skautlari “Arsenal”ning “Aston Villa”ga qarshi o’yinida 23 yoshli fransiyalik futbolchini o’rganish maqsadida stadionga tashrif buyurgan.
Ma’lumot uchun, Salibaning “kanonirlar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning o’rtalariga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.