UEFA matbuot xizmati YChL umumiy bosqichining 7-tur yakunlariga ko’ra haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlarni e’lon qildi.
Unga ko’ra, ushbu sovrin uchun Vinisius (“Real”), Xulian Alvares (“Atletiko”), Rafinya (“Barselona”) va Lyuk de Yong (“PSV”) kurash olib boradi.
Eslatib o’tamiz, Vinisius “Zalsburg”ga (5:1), Alvares “Bayer”ga (2:1), Rafinya “Benfika”ga (5:4), de Yong esa “Srvena Zvezda”ga qarshi o’yinda dublni rasmiylashtirdi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasining yetti tur natijalariga ko’ra, turnir jadvalida “Liverpul” peshqadamlik qilmoqda, “Barselona” ikkinchi, “Arsenal” uchinchi o’rinda bormoqda.