“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Lionel Messining qaysi fazilatini o’zida ko’rishni xohlayotganini aytdi.
“O’yinimga nima qo’shgan bo’lardim? Men ko’p fazilatlarga ega bo’lishni xohlayman, lekin men Messining driblingini tanlagan bo’lardim”, – deydi norvegiyalik hujumchi.
Ma’lumot uchun, Holand joriy mavsum barcha turnirlarda 36 ta o’yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.