Moskvaning SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning Transfermarkt’dagi narxi 8 million yevroga ko’tarildi va “armiyachilar”ning eng qimmat uch futbolchisidan biriga aylandi.
Hozirda SSKA’da 9 million yevroga baholangan Ivan Oblyakov va Fayzullayev bilan bir xil narxga ega Igor Diveyevlar to’p suradi.
Eslatib o’tamiz, Abbosbek Fayzullayevning bundan avvalgi transfer narxi 6 million yevroni tashkil qilgandi.