“Napoli” argentinalik vinger Alexandro Garnacho uchun “Manchester Yunayted”ga bonuslar bilan birga 50 million yevro taklif qildi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, mankunianliklar 50 million yevrolik taklifni rad etgan. MYU o’z futbolchisini qimmatroq deb hisoblamoqda va bu summani oshirishni talab qilmoqda.
Qayd etilishicha, neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte argentinalik futbolchini o’z jamoasida ko’rishni istamoqda va neapolliklar rahbariyatiga bosim o’tkazib, kelishuvni tezroq yakunlashni so’ramoqda.
Ma’lumot uchun, Garnacho joriy mavsum barcha turnirlarda 32 ta o’yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.