Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Charlz Oliveyra divizionning amaldagi chempioni Islam Maxachev bilan revansh janggi o’tkazib, mag’lubiyati uchun qasos olishni istashini aytdi.
“Aslida, Maxachevdan mag’lubiyat uchun qasos olish juda yaxshi bo’lardi. O’tmishda meni kaltaklagan yigitlarga hamisha munosib javob qaytara oldim.
Meni bir marta yutgan yigitni mag’lub etib chempion bo’lish yanada yaxshi. Chempionning ismi bor – bu Charlz Oliveyra”, – deydi Oliveyra.
Eslatib o’tamiz, Oliveyra va Maxachev o’rtasidagi dastlabki jang 2022-yilning oktyabr oyida Abu-Dabida tashkil etilgan UFC 280 turniri doirasida bo’lib o’tgan va unda Maxachev g’alaba qozongan.