Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finalida “Al-Nasr” va “Al-Tavun” o’zaro to’qnash keldi va yakunda “Al-Nasr” 2:0 hisobida g’alaba qozonib, final yo’llanmasini qo’lga kiritdi.
Ushbu bahsda Krishtianu Ronaldu bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa portugaliyalik hujumchi ketma-ket 23 mavsumda gol urishni uddasidan chiqdi.
39 yoshli forvard “Al-Nasr”ga o’tishdan oldin “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus”da faoliyat yuritgan. Bu davr ichida besh marta “Oltin to’p” sohibi bo’lgan.
Ma’lumot uchun, Ronaldu o’tgan mavsum “Al-Nasr” tarkibida barcha turnirlarda 45 ta o’yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.