“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Erik Ten Xag o’rniga yangi nomzod topdi.
Daily Express xabariga ko’ra, mankunianliklar Turinning “Yuventus” klubi sobiq murabbiyi, hozirda ishsiz yurgan Massimiliano Allegrini klub boshqaruviga taklif qilmoqchi.
Ma’lum qilinishicha, joriy mavsumda Ten Xag iste’foga chiqarilsa, Allegri “Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri bo’ladi.
Eslatib o’tamiz, “qizil iblislar” yangi mavsumni 2 ta g’alaba va 2 ta mag’lubiyat bilan boshladi.