Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Roberto Karlos Ronaldo 2002-yilgi “Oltin to’p”ni undan o’g’irlaganini aytdi.
Eslatib o’tamiz, Ronaldo Germaniyaga qarshi final o’yinida (2:0) dubl qayd etib, 8 ta gol bilan JCh-2002 to’purari bo’lgan.
“Men har doim Ronaldoga aytamanki, “Oltin to’p” meniki edi va uni mendan o’g’irlagan. Jahon chempionati finaliga chiqish oldidan favorit ekanligimni eshitdim. Shunday qilib, men 90 daqiqada sovrindan mahrum bo’ldim.
Ammo o’ylab ko’rsangiz, himoyachining “Oltin to’p” uchun ovoz berishda ikkinchi o’rinda turishi aql bovar qilmaydigan narsa. Faqatgina Bekkenbauer, Sammer va Kannavaro “Oltin to’p”ni qo’lga kiritdi. Demak, ikkinchi o’rin ham katta g’ururga sabab bo’ladi”, – deya Karlosning so’zlarini keltiradi AS.