“Manchester Yunayted” qishki transferlar oynasida yangi hujumchi sotib olmoqchi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mankunianliklar short-listida 4 nafar nomzod bor. Bular: Brayan Mbemo (“Brentford”), Metyu Kunya (“Vulverxempton”), Liam Delap (“Ipsvich”) va Jonatan Devid (“Lill”).
Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” skautlari to’rttala hujumchini ham jiddiy ravishda kuzatib bormoqda.
Biroq, yangi hujumchi bilan shartnoma imzolash uchun mankunianliklar moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilishi kerak.
Shu bois transfer oynasi yakuniga qadar Alexandro Garnacho, Kobbi Mayna yoki Markus Reshford klubni tark etishi kutilmoqda.