Yevropa Ligasi pley-off bosqichining javob o’yinida “Roma” “Portu”ga qarshi maydonga tushdi va yakunda 3:1 hisobida g’alaba qozondi.
Dastlab hisob 27-daqiqasa Aghehova tomonidan ochildi. Svilarning xatosidan so’ng “Portu” hujumchisi qaychi uslubida gol urdi.
Uchrashuvning 35-daqiqasida esa Paulo Dibala muvozanatni tikladi. Shomurodovdan qulay uzatmani qabul qilib olgan argentinalik hujumchi jamoasining javob to’piga mualliflik qildi.
Oradan hech qancha vaqt o’tmasdan, ya’ni 39-daqiqada Dibala o’z nomini yana bir bor tabloga yozdirib qo’ydi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo’limda Lorenzo Pellegrini o’rniga maydonga tushgan Pisilli 83-daqiqada oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo’ydi.
Asosiy vaqtga qo’shib berilgan daqiqalarda Rensch kutilmaganda o’z darvozasini ishg’ol qilib qo’ydi – 3:2.
Shu tariqa, “Roma” ikki o’yin natijasiga ko’ra keyingi bosqichga yo’l oldi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa asosiy tarkibda maydonga tushib, 78-daqiqada zaxiraga olindi.
Yevropa Ligasi | Pley-off bosqichi
“Roma” – “Portu” 3:2 (1:1)
Gollar: Aghehova 27′, Dibala 35′, 39′, Pisilli 83′, Rensch 90+5′ (avtogol).