Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino futboldagi yutuqlari va u bilan bahslasha oladigan murabbiy kimligini aytdi.
“Menda bir nechta Premyer-liga va Chempionlar ligasi kubogi bor. Men bilan bahslasha oladigan yagona odam bu Pep Gvardiola. Unda menda bor bo’lgan hamma narsa bor”, – deydi Mourino.
Eslatib o’tamiz, Joze joriy yilning yozida buyon “Fenerbaxche” klubini boshqarib kelmoqda. Ayni dam uning boshqaruvidagi jamoa hisobida 10 ochko mavjud va ular Superligada birinchi o’rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, “Fenerbaxche” o’zining navbatdagi o’yinini 15-sentyabr kuni “Qosimposho” klubiga qarshi o’tkazadi.