Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Qirollik klubi”ni tark etishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
“Men “Real”dan ketishga mutlaqo qaror qilmaganman. Umid qilamanki, klubda yana to’rt yil qolaman, xuddi prezident Florentino Peres kabi. 2029-yilda birga katta xayrlashuv bo’lsa, ideal bo’lardi!”, – deydi Anchelotti.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Anchelotti joriy mavsum oxirida madridliklar bosh murabbiyi lavozimini tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi.