Germaniyalik mashhur murabbiy Yurgen Klopp faoliyatini Braziliya terma jamoasi yoki “Real Madrid”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda UOL nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Klopp Red Bull’dagi ishidan charchaganini his qilmoqda. Qayd etilishicha, Yurgen murabbiylik faoliyatini qayta tiklash variantlarini ko’rib chiqishga tayyor.
Eslatib o’tamiz, Klopp 2015-yildan 2024-yilgacha “Liverpul” klubida faoliyati yuritgan. Bu davr ichida u APL va Chempionlar Ligasi g’olibligini qo’lga kiritgan.