Opta tahlilchilari superkompyuter yordamida Premyer liganing bo’lajak chempionini tahmin qilishdi.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko’ra, “Manchester Siti” chempionlik uchun yaqqol davogar hisoblanadi. Pep Gvardiola jamoasining g’alaba qozonish ehtimoli 82,2 foizga baholanmoqda.
Ushbu reytingning ikkinchi pog’onasidan Londonning “Arsenal” klubi o’rin olgan. Mikel Arteta shogirdlarining APL chempioni bo’lish ehtimoli 12,2 foizga teng.
Chempionlikka davogarlar uchligini “Liverpul” 5,1 foiz ovoz bilan yakunlab bergan.
Eslatib o’tamiz, APLning o’tgan mavsumida chempionlikni “Manchester Siti” qo’lga kiritgan. Ikkinchi o’rinni “Arsenal”, uchinchi o’rinni esa “Liverpul” egallagan.