“Real”ning 39 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrich jamoasi bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirmoqchi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, tomonlar bu borada hali hech qanday muzokaralar o’tkazmagan. Klub va futbolchi yangi shartnoma muhokamasini mavsum oxiriga qoldirgan.
Ta’kidlanishicha, Luka 2026-yilgi Jahon chempionatigacha “Real” futbolchisi bo’lib qolmoqchi.
Ma’lumot uchun, Modrich “Qirollik klubi”da 2012-yildan buyon o’ynab kelmoqda. Bu davr mobaynida u barcha turnirlarda 569 ta o’yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 92 ta golli uzatmani amalga oshirdi.