Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe PSJ’dan qarzdorlikni undirish maqsadida Fransiya Professional Futbol Ligasi (LFP) tartib-intizom qo’mitasiga murojaat qilgan.
RMC Sport xabariga ko’ra, ushbu masala yuzasidan navbatdagi sud majlisi 11-dekabr kuni bo’lib o’tadi.
Xabaringiz bor, PSJ’da Mbappening 55 million yevro miqdoridagi pul mablag’lari qolib ketgan. Bu futbolchining parijliklar safidagi maosh va bonuslarini o’z ichiga oladi.
Qayd etilishicha, PSJ Kilianga mavjud qarzdorlikni to’lamasligini aytmoqda. Rahbariyat bunga sabab qilib uni klubdan erkin agent sifatida tark etganini ko’rsatmoqda.