Yarim og’ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyra 9-mart kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC 313 turnirida bo’lib o’tadiga Magomed Ankalayevga qarshi jang haqida o’z fikrlarini bildirdi.
“U men jang qilgan har qanday jangchi kabi juda xavfli. U oddiy yigit. Shubhasiz, uning o’z arsenali, kuchli tomonlari bor, lekin men qattiq mashq qilaman. Va men hamma narsaga tayyor bo’laman”, – deydi Pereyra.
Ma’lumot uchun, Pereyra o’zining so’nggi janggini UFC 307 turnirida Xalil Rauntriga qarshi o’tkazgan va 4-raundda texnik nokaut evaziga zafar quchgan.
Ankalayev esa o’zining oxirgi janggini UFC 308 turniri doirasida Aleksandr Rakichga qarshi o’tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g’alaba qozongan.