Eronning “Istiqlol” klubi vingeri Jaloliddin Masharipov ichki chempionat doirasidagi “Shams Azar” jamoasiga qarshi o’yinning 6-daqiqasida jarohat olib, maydonni erta tark etdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, hamyurtimizning eski jarohati yana bezovta qilgan. Avvalroq Masharipov “Sepaxon”ga qarshi o’yinda ham xuddi shunday jarohat olib, almashtirilgan edi.