“Barselona” yarim himoyachisi Dani Olmo yuzaga kelishi mumkin bo’lgan jarohatlarning oldini olish uchun maxsus genetik tahlildan o’tadi.
Mundo Deportivo xabariga ko’ra, ushbu tekshiruvlar bilan klub murabbiylar shtabi Olmoga yetkazilishi mumkin bo’lgan zararni minimallashtirish maqsadida mashg’ulotlar dasturini to’g’rilashi mumkin bo’ladi.
Manbaga ko’ra, “Barselona” jamoadagi boshqa o’yinchilarni ham ushbu genetik tekshiruvdan o’tishini istamoqda.
Bundan tashqari, bunday protseduradan o’tish jarayoni hozir ancha osonlashgan. Chunki avval bu sinov Amerikaning Baltimor shahridagi laboratoriyalarda o’tkazilar edi, endi esa buni Ispaniyada amalga oshirishning iloji bor.