Meksika terma jamoasi sobiq futbolchisi Adolfo Bautista Lionel Messi bilan bog’liq vaziyatga munosabat bildirdi.
Avvalroq Messi “Inter Mayami” safida Meksikaning “Amerika” klubiga qarshi o’rtoqlik o’yinida maydonga tushdi. Jamoalar 2:2 hisobida durang o’ynashdi. Penaltilar seriyasida esa omad MLS vakillariga kulib boqdi.
Uchrashuvda Leo bitta golga mualliflik qildi va uni nishonlash chog’ida meksikalik muxlislarga qarata bir necha ishoralar qildi.
Xabarlarga ko’ra, Messi Argentina Jahon chempionatida 3 marta qozonganini, Meksikada esa bu ko’rsatkich 0 ga teng ekanligini ko’rsatgan.
“Siz meni futbolchi sifatida hayratda qoldirdingiz, lekin mamlakatimning ishlariga aralashayotganingiz sizning noprofessionalligingiz va bilimsizligingizdan dalolat beradi”, – deydi Bautista.
