Italiya A Seriyasining 30-turidan o’rin olgan bahsda “Roma” “Lechche” maydoniga safar qildi va minimal hisobda g’alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 80-daqiqada rimliklarning ukrainalik hujumchisi Artyom Dovbik tomonidan kiritildi. Ushbu gol o’yin oxirigacha yagonaligini saqlab qoldi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa bahsni zaxiradan boshlab, 72-daqiqada Matias Soule o’rniga maydonga tushdi. Nufuzli SofaScore nashri Shomurodovning o’yinini 6,5 ballga loyiq ko’rdi.
A Seriya | 30-tur
“Lechche” 0:1 “Roma”
Gollar: Artyom Dovbik 80′ (0:1).