AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Argentina va “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messining bo’lajak Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida gapirdi.
“Messining Jahon chempionatiga chiqa olishiga shubham yo’q. Agar xohlasa, o’ynaydi. Ko’ryapmiz, u juda yaxshi formada.
Leo juda professional va o’ziga g’amxorlik qiladi. Uni Jahon chempionatida ko’rish ajoyib bo’lardi. Bu AQSh uchun ham, Argentina uchun ham hayajonli bo’ladi”, – deydi Pochettino.
Eslatib o’tamiz, Messi 2023-yilning yozida erkin agent sifatida “Inter Mayami”ga ko’chib o’tgandi. Bu davr ichida u klub safida barcha turnirlarda 39 ta o’yinda maydonga tushib, 34 ta gol va 19 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.