“Liverpul” yozgi transferlar vaqtida “Atalanta”ning 27 yoshli vingeri Ademola Lukmanni sotib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoliyeri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mersisaydliklar nigeriyalik futbolchini Muhammad Salohga o’rinbosar sifatida ko’rmoqda.
Qayd etilishicha, Lukmanning vakillari allaqachon “Liverpul” bilan aloqa o’rnatgan. Shuningdek, hujumchiga “Arsenal” va Saudiya klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Lukman joriy mavsum barcha turnirlarda 29 ta o’yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.