Kecha Angliya Superkubogi doirasida Manchester derbisi bo’lib o’tdi.
Asosiy vaqt durang natija bilan yakunlandi va penaltilar seriyasida “shaharliklar” 6:5 hisobida g’alaba qozonib, yettinchi bor Superkubokni boshi uzra baland ko’tarishdi.
Ushbu mag’lubiyatdan so’ng, “Manchester Yunayted” Superkubok bahslarida eng ko’p mag’lub bo’lgan klubga aylandi. Ya’ni mankunianliklar o’nta finalda imkoniyatni boy bergan. Bu esa Angliya tarixidagi antirekord hisoblanadi.