Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) Jahon chempionati saralashining orzular jamoasini shakllantirmoqda.
E’tiborli jihati shundaki, eng yaxshi darvozabon nominatsiyasiga da’vogarlar orasida O’zbekiston milliy terma jamoasi posboni O’tkir Yusupov ham o’rin olgan.

Bundan tashqari, Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev va Otabek Shukurov ham o’z pozitsiyasi bo’yicha eng yaxshisi bo’lishga da’vogarlik qilmoqda.
Ovoz berish jarayonlari 20-iyundan 4-iyulga qadar bo’lib o’tadi. Ushbu havola orqali o’tib, siz ham o’z nomzodingizni qo’llab-quvvatlashingiz mumkin.