Kataloniyaning “Barselona” klubi jarohati sabab safdan chiqqan Mark-Andre ter Shtegen o’rniga yangi darvozabon qidira boshladi.
Eslatib o’tamiz, 32 yoshli kiper “Vilyareal”ga qarshi bahsda (5:1) tizzasidan jarohat oldi. Turli manbalar xabariga ko’ra, ter Shtegen uchun mavsum erta yakunlanishi mumkin.
Diario Sport xabariga ko’ra, germaniyalik darvozabon o’rniga nomzodlardan biri sifatida Alvaro Valles (“Las Palmas”) tanlangan. Ushbu transfer katta ehtimol bilan qishki transferlar vaqtida amalga oshishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Vallesning “Las Palmas” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 12 million yevroga baholanmoqda.