To’rtta vazn toifasida amaldagi jahon chempionlari Saul Alvares va Terens Krouford o’zaro jang bo’yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda ESPN insayderi Mayk Koppinger xabar bermoqda.
“Hali hech qanday shartnoma imzolanmagan, ammo Kanelo Alvares va Terens Krouford sentyabr oyida Meksika Mustaqilligi kuni ringga chiqishi kutilmoqda.
Krouford aytganidek, jang 76,2 kg vaznda bo’lib o’tadi, tarozidan keyin vazn ortishi sharti bo’lmaydi”, – deydi Koppinger.
Eslatib o’tamiz, Terens Krouford o’zining so’nggi janggini hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi o’tkazgan va hakamlarning qarori bilan g’alaba qozongan.