Yarimo‘rta vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Shahram Gʻiyosov navbatdagi jangi bo‘yicha tafsilotlarni ochiqladi.
Hamyurtimiz 12-aprel kuni Nyu-Jersida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni unga meksikalik bokschi raqib bo‘ladi.
Gʻiyosov Atlantik Sitida tashkil etiladigan boks turnirida ringga chiqadi. Uning markaziy jangi yarimo‘rta vaznda WBA chempioni Eymantas Stanionis hamda IBF chempioni Jeyron Ennis o‘rtasida kechadi.
Shahram Gʻiyosov esa bo‘lajak jangida g‘alaba qozonsa, keyingi jangini aynan Ennis — Stanionis bahsi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.