To’rt vazn toifasida jahon chempioni va P4P reytingi yetakchisi Terens Krouford WBO chempionlik kamaridan voz kechdi. Bu haqda vRINGE.com xabar berdi.
Manbaga ko’ra, ushbu qaror tufayli amerikalik Brayan Norman o’zining vaqtinchalik chempionlik kamarini to’liq kamarga almashtirgan.
Ma’lumot uchun, Krouford faoliyati davomida 41 ta jangda ringga ko’tarilgan va hali mag’lub bo’lmagan. Janglarining 31 tasini nokaut bilan yakunlagan.
Eslatib o’tamiz, Terensning so’nggi janggi hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi kechgandi. Ushbu jang to’liq 12 raund davom etgan va ochkolar hisobiga Krouford g’alaba qozongandi.