Og’ir vazn toifasida sobiq WBA kamari sohibi, hamyurtimiz Ruslan Chagayev bokschilarimizning Parij Olimpiadasidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
“Assalomu alaykum, O’zbekiston! Hammani boks bo’yicha beshta oltin medal bilan tabriklayman va ularning murabbiylarini ham tabriklayman. Agar ular bo’lmaganda, bunday natija ham bo’lmasdi.
Keyingi Olimpiadada beshta emas, yettita oltin medal bo’lsin, Inshaolloh.
Men juda xursandman. Avvallari bunday bo’lmasdi. 1996-yili birinchi marta mustaqil davlat sifatida Olimpiadaga borganimizda Karim To’laganov bronza medal olgan. Biz uchun bu juda katta natija bo’lgan. Hozir esa beshta oltin medalni qo’lga kiritdik”, – deydi Ruslan Chagayev.
Eslatib o’tamiz, Ruslan Chagayev 2007-yil 14-aprelda WBA kamari uchun Nikolay Valuyevga qarshi ringga chiqqan va hakamlarning yakdil qarori bilan g’alaba qozonib, og’ir vazn toifasida yangi chempionga aylangandi.