To’rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, Xalqaro shon-sharaf zali a’zosi Roy Jons Mayk Tayson va Jeyk Pol o’rtasidagi bo’lajak jang haqida fikr bildirdi.
“Men hech qachon bunday qattiq zarbalarga duch kelmaganman. Tayson men duch kelgan eng zarbasi og’ir bokschi edi. Ko’ksimga urganida xachir tepdi deb o’yladim.
Ular jang 14 unsiyali qo’lqop va shlem bilan o’tkazilishini aytishdi, biroq bularning hech biri Mayk Taysonni to’xtatib qolish uchun yetarli emas, ishoning” – deydi Roy Jons.
Eslatib o’tamiz, Tayson va Pol o’rtasidagi jang 16-noyabr kuni Arlingtonda bo’lib o’tadi.
