Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Charlz Oliveyra bugun to’rtinchi chempionlik himoyasini o’tkazgan Islam Maxachev bilan revansh janggiga tayyor ekanligini aytdi.
Eslatib o’tamiz, Los-Anjelosda tashkil etilgan UFC 311 turnirida Maxachev birinchi raunddayoq Renato Moykanoni mag’lub etdi.
“Bu ajoyib jang bo’ldi. U chempion bo’lib, o’z zimmasidagi ishni qildi. Lekin men navbatdagisiman va u buni biladi. Yengil vazn toifasi chempioni – Charlz Oliveyra. Men bunga tayyorman”, – deydi Oliveyra.
Ma’lumot uchun, Oliveyra va Maxachev o’rtasidagi dastlabki jang 2022-yilda bo’lib o’tgan va unda Islam ikkinchi raundda sabmishen orqali g’alaba qozongan.
