O’rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Drikus dyu Plessi Israel Adesanyaga unga qarshi jangdan voz kechishni maslahat berdi.
“Agar men uning o’rnida bo’lganimda, bu jangdan voz kechish yo’llarini qidirgan bo’lardim. Chunki men uni kuzatib boryapman. O’zimni har qachongidan yaxshi his qilyapman.
Men Adesanyada olov yo’q deb aytolmayman, lekin bu olov juda kichik. Mening otashim uning olovini yutib yuboradi. Ichimdagi alanga sabab unda hech qanday uchqun ko’rmayapman”, – deydi dyu Plessi.
Eslatib o’tamiz, 19-avgust kuni tashkil etiladigan UFC 305 turnirida Drikus dyu Plessi va Israel Adesanya o’rta vazn toifasida chempionlik kamari uchun oktagonga ko’tariladi.