UFC prezidenti Dana Uayt Los-Anjelosda tashkil etilgan UFC 311 turniridan so’ng yengil vazn toifasining birinchi raqamli jangchisi Arman Sarukyanning kelajagi haqida gapirdi.
Eslatib o’tamiz, Sarukyan turnirning asosiy janggida amaldagi chempion Islam Maxachevga qarshi oktagonga ko’tarilishi kerak edi, biroq jarohati sabab jangni tark etishga majbur bo’ldi.
“Yo’q, Sarukyan chempionlik uchun navbatdagi davogar bo’lmaydi. U kutishi kerak”, – deydi Uayt.
Ma’lumot uchun, Arman 2019-yilda UFC’da debyut janggini o’tkazgan. Hozirda uning hisobida 9 ta g’alaba va 2 ta mag’lubiyat bor.