“Manchester Siti” “Portu”ning 25 yoshli darvozaboni Diogo Kostani sotib olish imkoniyatlarini o’rganib chiqmoqda. Bu haqda Football Transfers xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Kosta “shaharliklar”ning 31 yoshli darvozaboni Ederson o’rnini egallashi mumkin. Hozirda tomonlar o’rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu transfer kelasi yozda amalga oshishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kosta joriy mavsum barcha turnirlarda 24 ta o’yinda maydonga tushib, 13 tasida o’z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.