Yarim og’ir vazn toifasida UFC jangchisi Magomed Ankalayev divizionning amaldagi chempioni Aleks Pereyrani buyuk chempion deb atadi va unga yashirincha “вызов” tashladi.
“Aleks, imkon qadar hayotdan zavqlan. Sen buyuk chempionsan, ammo vaqting tugadi. Tez orada ko’rishguncha”, – deb yozdi Ankalayev ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o’tamiz, Aleks Pereyra 2023-yilning noyabr oyida yarim og’ir vazn toifasida UFC chempioniga aylandi. Shundan so’ng u uch marta kamarini himoya qildi.