O’zbekistonlik MMA jangchisi Ramazon Temirov UFC promousheni bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda uning murabbiyi Jasur Alijonov xabar berdi.
“Inshaolloh jang kunimiz aniq, raqibimiz ham aniq. Birinchi janggimizni 12-oktyabr kuni Las-Vegasda o’tkazamiz va sizlarni chiroyli g’alabalarimiz bilan xursand qilamiz”, – deydi Ramazon Temirov.
Ma’lumot uchun, Temirov Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC Fight Night 244 turnirida oktagonga ko’tariladi.