“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanovning transferini hali rasman e’lon qilmadi, biroq hamyurtimizning klub sport direktori Chiki Begiristayn bilan tushgan surati tarmoqlarda tarqaldi.

Meta-ratings.kz xabariga ko’ra, shartnoma imzolash chog’ida “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola ham ishtirok etgan.
Shu tariqa, Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasida o‘ynaydigan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylanmoqda. Angliyaning yuqori divizionida futbolchilari o‘ynagan davlatlar soni esa 119 taga yetadi.
Ma’lumot uchun, “Lans” Husanovni 2023-yilning iyul oyida “Energetik-BGU”dan 100 ming yevroga sotib olgandi.