Ispaniya La Ligasining 26-turida “Real” “Betis”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi.
Madrid klubi darvozasiga urilgan gollardan biriga “Betis” yarim himoyachisi Isko mualliflik qildi.
“Real” sobiq futbolchisi goldan so’ng uni nishonladi va keyinchalik “Los-Blankos” muxlislaridan uzr so’radi.
“Golni nishonlaganim uchun “Real”ning barcha muxlislaridan uzr so’rayman. “Real”dan juda minnatdorman. Ular hamisha mening yuragimda qoladi, klub ham, muxlislar ham”, – deydi Isko.
Ma’lumot uchun, uchrashuvdagi hisob 10-daqiqada “Real” yarim himoyachisi Brahim Dias tomonidan ochildi. 34-daqiqada Jonni Karodoso muvozanatni tikladi.
54-daqiqada esa Isko penaltini aniq amalga oshirib, mezbonlarning g’alabasini ta’minladi.