Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Superkubogi finalidan so’ng jazolanishi mumkin.
Finalda “Al-Nasr” va “Al-Hilol” o’zaro to’qnash kelgan va yakunda 4:1 hisobida “Al-Hilol” g’alaba qozongandi. To’rtinchi gol o’tkazib yuborilgandan so’ng Ronaldu o’ziga xos imo-ishora qilib, jamoasini uxlab qolganlikda ayblagandi.
Biroq Ronaldu bu harakati uchun emas, balki taqdirlash marosimida ishtirok etmaganligi uchun jazoga tortilishi mumkin.
Goal nashrining xabariga ko’ra, Saudiya Arabistonida ushbu marosimni o’tkazib yuborganlik uchun 20 ming rial (taxminan 4800 yevro) miqdorida jarima solinadi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronalduning “Al-Nasr” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi.