“Liverpul” PSJ’ning 18 yoshli yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeriga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Anfield Watch xabar berdi.
Manbaga ko’ra, ingliz klubi allaqachon fransiyalik futbolchining agenti bilan bog’lanishga ulgurgan. “Liverpul” skautlari bo’limi Zair-Emerini jamoaga foyda keltira olishiga ishonmoqda.
Ta’kidlanishicha, mersisaydliklar 18 yoshli futbolchining transferi uchun 65 million yevrodan ko’proq mablag’ to’lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Zair-Emeri joriy mavsum barcha turnirlarda 29 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.