Madridning “Altetiko” klubi jamoa bosh murabbiyini almashtirish haqida o’ylamoqda. 2011-yildan buyon “matraschilar”ni boshqarib kelayotgan Diyego Simeone lavozimidan ozod etilishi mumkin.
Todofichajes xabariga ko’ra, ispan grandi rahbariyati hozirda “Atletiko”ning ikkinchi jamoasida ishlayotgan Fernando Torresni bosh murabbiy etib tayinlashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Simeonening klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning o’rtalariga qadar mo’ljallangan.
Hozirda “Atletiko” La Liganing ortda qolgan to’rtta turidan so’ng 8 ochko jamg’argan holda, turnir jadvalida 3-o’rinda bormoqda.