Fransiyaning chempionatining 18-turida “Lans” o’z maydonida PSJ’ni qabul qildi va 2:1 hisobida mag’lubiyatga uchradi.
Dastlab, uchrashuvning 36-daqiqasida Mbala N’Zola hisobni ochdi. 59-daqiqada Fabian Ruiz parijliklarning javob to’pini kiritdi. Bredli Barkolya esa 86-daqiqada PSJ’ga g’alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
Ma’lumot uchun, PSJ ushbu g’alabadan so’ng ochkolari hisobini 46 taga yetkazib, turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlab oldi.
“Lans” esa 18-turdan so’ng 27 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida 7-o’rinda bormoqda.