Londonning “Chelsi” klubi hujumkor yarim himoyachisi Joau Feliks faoliyatini “Milan”da davom ettirishi mumkin.
Janluka Di Marsioning xabariga ko’ra, 25 yoshli portugaliyalik futbolchi milanliklar taklifini qabul qilgan va hozirda tomonlar ijara shartnomasi tafsilotlarini muhokama qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, Feliks joriy mavsum “Chelsi” safida 20 ta o’yin o’tkazib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “aristokratlar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar amal qiladi.