Eng yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Demetrius Jonson UFC 311 turnirida Islam Maxachevning raqibi almashgani haqida fikr bildirdi.
“Kimdir asosiy kard endi yomonroq ko’rinishga keldi, deb aytdi. Menimcha, bunday emas… Menimcha, bu eng yaxshi jang. Sababi, so’nggi paytlarda “Money” Moykano yuqori sport formasini namoyish qilmoqda.
Bu jang Maxachev uchun anchagina juddiyroq. Chunki siz birinchi navbatda 24 soat ichida reja tuzishingiz kerak. Shuningdek, Moykanoning jang qilish uslubi Armannikidan farq qiladi. Men Moykanoni Sarukyandan xavfliroq deb bilaman”, – deydi Jonson.
Eslatib o’tamiz, dastlab Arman Sarukyan chempionlik janggida Maxachevga qarshi oktagonga ko’tarilishi kerak edi. Biroq jarohati sabab o’z o’rnini Moykanoga bo’shatib berdi.